O'zbekiston mahsulotlari joriy yilning may oyida  “BMB Trade Group” kompaniyasi va Rossiyaning “Flagman” MCHJ o'rtasida imzolangan shartnoma doirasida eksport qilindi. Bu mamlakatimizning Ekaterinburg shahridagi Bosh konsulligining Sverdlovsk viloyati hukumati bilan samarali olib borgan hamkorligining mevasidir.

Koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq mavjud vaziyatni hisobga olgan holda ushbu o'zaro foydali hamkorlik Rossiya tomonini ekologik toza mahsulotlar va fuqarolarning oziq-ovqat xavfsizligi bilan ta'minlasa, O'zbekiston tomonida esa barqaror eksport operatsiyalari rivojisha yo'l ochadi. Bu esa mamlakatimiz hududlarining iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.