Qoʻshimcha reyslar kiritilganidan kelib chiqib, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha qatnovi toʻxtatilgan: HY3687/3688 va HY9687/9688 Toshkent – Krasnodar – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha; HY9647/9648 Toshkent – Rostov-na-Donu – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha; HY9825/9826 Namangan – Krasnodar – Namangan yoʻnalishi boʻyicha parvozlar Sochi shahriga amalga oshiriladi.

Kompaniya yoʻlovchilar aeroportlarga belgilangan vaqtdan oldinroq kelishlari kerak eknini bildirdi. Shuningdek, Krasnodar va Rostov-na-Donu shaharlariga/shaharlaridan avval bekor boʻlgan parvozlar yoʻlovchilari aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki 2022-yil 3-martdan boshlab har qanday boʻsh sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egaligini maʼlum qildi.