Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 1-mart holatiga respublikamizda roʻyxatdan oʻtgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13 982 tani tashkil etib, ulardan 13 531 tasi faoliyat yuritmoqda.
Faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 462 taga oshgan.
Oʻzbekistonda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni eng yuqori boʻlgan davlatlar:
Rossiya – 2 348 ta;
Xitoy – 1 958 ta;
Turkiya – 1 940 ta;
Qozogʻiston – 1 095 ta;
Koreya – 891 ta.