Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020-yil 21-dekabr sanasidan 2021-yil 10-yanvarga qadar Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) toʻxtatilgan edi.
Bugungi kunga qadar yuqorida qayd etilgan mamlakatlarda epidemiologik vaziyat murakkabligi saqlanib kolganligi sabali 2021-yil 10-yanvariga qadar kiritilgan cheklov muddati Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 1-fevraliga qadar uzaytirildi.
Eslatib oʻtamiz, Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida soʻnggi 14 kun davomida boʻlgan shaxslar yuqoridagi cheklov amal qilgan davr mobaynida Oʻzbekiston Respublikasiga kiritilmasligi belgilangan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi