Bu haqda DXX xabar berdi.
Qayd etilishicha, Uychi tumanining “Yangiyer” MFY hududida “oʻzbek–qirgʻiz” davlat chegarasi orqali harakatlanayotgan Andijon shahrida yashovchi ikki nafar fuqaro toʻxtatilib tekshirilgan. Ulardan 19 kg 169 g “gashish” moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi. Keyinchalik narkotikni olib ketishga kelgan yana bir shaxs ham ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruvda ushbu shaxslar qirgʻizistonlik narkosavdogar bilan til biriktirib, giyohvandlik vositalarini sotish maqsadida mamlakatimiz hududiga olib kirgani aniqlandi.
Shuningdek, boshqa tezkor tadbirda Yangi Namangan tumanida yashovchi muqaddam sudlangan ayol 1 kg 953 g “gashish” moddasini qabul qilib olgan vaqtida qoʻlga olindi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.