Bu haqda Hilola Umarova oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
Sammit doirasida Hilola Umarova Nitsadagi Frankofoniya universiteti rahbari Yann Librati bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Yann Librati Librati Oʻzbekiston fransuz tili yoʻnalishida mintaqaviy “hab”ga aylanishiga ishonch bildirdi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Nitsadagi Frankofoniya universiteti oʻrtasida 2025-yil davomida 200 nafar oʻzbekistonlik fransuz tili oʻqituvchilarini grant asosida Fransiyaga malaka oshirishga yuborish boʻyicha kelishuv imzolandi.
Maʼlumot oʻrnida: hozirgi kunda Oʻzbekistonda fransuz tili 600ga yaqin maktablarda xorijiy til sifatida va 100 ga yaqin maktablarda ikkinchi xorijiy til sifatida oʻqitib kelinmoqda.