Joriy yilning 17-noyabr kuni Dushanbe shahrida futbol boʻyicha Tojikiston milliy terma jamoasi Rossiya termasini qabul qiladi.

Tojikiston futbol federatsiyasi ushbu oʻrtoqlik oʻyinini boshqarish uchun oʻzbekistonlik hakamlarni taklif qildi. Uchrashuvda Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida ishlasa, unga qanotlarda Timur Gaynulin va Andrey Sapenko yordam beradi.

Rossiya termasi 20-noyabr kuni Toshkentda Oʻzbekiston bilan bahs oʻtkazishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi. Lekin hozircha bu borada rasmiy maʼlumot berilmadi.