Oʻzbekistonlik olima Jahon fanlar akademiyasi akademigi sifatida eʼtirof etildi

    Fan 2 Oktabr 2025 1029

    Shu kunlarda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida Jahon Fanlar akademiyasi (TWAS)ning navbatdagi Bosh konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.

    Bu yilgi konferensiyada sogʻliqni saqlash, iqlim oʻzgarishi, barqaror rivojlanish va innovatsiyalar kabi dolzarb mavzular muhokama qilinmoqda, – deyiladi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi maʼlumotida.

    Joriy yil boshida Jahon Fanlar akademiyasi akademigi etib saylangan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Shahlo Turdiqulovaga mazkur konferensiyada rasmiy diplom tantanali ravishda topshirildi.

    Maʼlumot uchun: TWAS – 1983-yili tashkil etilgan nufuzli xalqaro akademiya boʻlib, dunyo boʻylab eng yirik va taniqli olimlarni birlashtiradi. Akademiyada 100 dan ortiq mamlakatdan 1 400 dan ziyod yetakchi olimlar boʻlib, tarkibida Nobel mukofoti sohiblari hamda turli sohalarda ulkan yutuqlarga erishgan yetakchi olimlar faoliyat yuritadi.