Joriy yilning 2-7-iyul kunlari Amerika Qoʻshma Shtatlari Mayami shahrida Karate WUKF boʻyicha Jahon chempionati boʻlib oʻtdi.

Mazkur musobaqada Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 34-sonli maktabning 5-sinf oʻquvchisi Fazliddin Faxriddinov hamda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 6-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi Shoxobiddin Shodmonxonov 2 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, mutloq Jahon chempioni boʻldi.