Oʻzbekistonlik oʻrta tibbiyot xodimlari Saudiya Arabistonida ishlashi uchun imkoniyat yaratildi

    Migratsiya agentligi va Saudiya Arabistonining “Health Resources Company” HRCO kompaniyasi oʻrtasida muhim Kelishuv imzolandi.

    Agentlikning maʼlum qilishicha, ikki tomonlama manfaatli boʻlgan bu kelishuvning maqsadi Saudiya Arabistonida oʻrta tibbiyot xodimi sifatida ishlash istagida boʻlgan hamyurtlarimizni ushbu mamlakatga qonuniy, xavfsiz va shaffof tartibda ishga joylashtirishdan iboratdir.

    Maʼlumot oʻrnidan: HRCO (Health Resources Company) — Saudiya Arabistonining sogʻliqni saqlash tizimini markazlashgan tarzda boshqarish boʻyicha keng qamrovli islohotlar doirasida tashkil etilgan muhim tashkilotdir.

    Kompaniya — HR (inson resurslari) operatori sifatida, mamlakatdagi barcha davlat tibbiyot muassasalari uchun yagona kadrlar siyosatini ishlab chiqish va boshqarish bilan shugʻullanadi.

    Shuningdek, Migratsiya agentligi eʼlonlariga koʻra Saudiyada ishlash istagini bildirib ariza qoldirgan 887 nafar nomzodlardan suhbatga tayyor deb baholanganlar uchun ish beruvchilar ishtirokidagi tanlovlar ham boshlandi.

    Bunday suhbatlar joriy yil 3-4-dekabr kunlari Andijon shahrida ham boʻlib oʻtadi, deyiladi xabarda.