Oʻzbekistonlik oshpazlar Dogʻistonning “FoodStreetDag – 2022” festivalida yuqori natijalarga erishdi

    Bo'sh vaqtda 5 Iyul 2022 3076

    FoodStreetDag – 2022 gastronomik festival doirasida Maxachqalʼa shahrida VISIT DAGESTAN – 2022 xalqaro pazandalik chempionati boʻlib oʻtdi. Unda oltita davlat: Italiya, Mavrikiy, Oʻzbekiston, Gruziya, Armaniston, Pokiston vakillari ishtirok etdi.

    Festivalning hakamlar hayʼati tarkibiga dunyoning Mishlen yulduzli restoranlarining taniqli oshpazlari: Alan Joshua Payen (Mavrikiy) Chezare Chiui (Italiya), oshpazlik uyushmalari rahbarlari: Nikolay Baratov, Alla Mishina, Anna Jukova, Maxach Vagabov, Kumsiyat Mirzayeva, Akbar Umarov va boshqa taniqli mutaxassislar kiritildi.

    Ishtirokchilar grilda pazandachilik boʻyicha bellashdilar hamda italyan, oʻzbek, mavritaniya va turk taomlarini tayyorlash boʻyicha mahorat darslari oʻtkazdilar.

    Oʻzbekistonlik oshpazlar ajoyib natija koʻrsatdilar va turli nominatsiyalar boʻyicha bir vaqtning oʻzida bir nechta sovrinlarni qoʻlga kiritdi, deb xabar beradi Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.