Dastlab, Izzat Turgʻunov uzunlikka sakrash bahslarining T36 kalassida 5.56 metr natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, keyinchalik yadro uloqtirishning F54 klassida finalda ishtirok etgan Nurxon Qurbonova 7.12 metr natija koʻrsatib terma jamoamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni yozdirib qoʻydi.
11-fevral kuni qoʻlga kiritilgan medallar:
Izzat Turgʻunov (uzunlikka sakrash) – Oltin (Tokio-2020ga litsenziya olish imkoniyatini keskin oshirdi va oʻz hisobiga muhim reyting ochkolarini qoʻshtirib qoʻydi).
Nurxon Qurbonova (yadro uloqtirish) – Oltin (Tokio-2020ga litsenziya olish imkoniyatini keskin oshirdi va oʻz hisobiga muhim reyting ochkolarini qoʻshtirib qoʻydi).
Eslatib oʻtamiz, musobaqaning dastlabki kunida terma jamoamiz vakillari 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza, jami 6 ta medalni qoʻlga kiritgan edi.
Bugun Gran-prining uchinchi kunida quyidagi sportchilarimiz bahs olib boradi:
Abdulaziz Abduhakimov – klab uloqtirish
Yorqin Odilov – nayza uloqtirish
Dilafruz Axmathonova – yadro uloqtirish
Mohigul Xamdamova – disk uloqtirish
Husniddin Norbekov – yadro uloqtirish
Nurhon Qurbonova – disk uloqtirish
Natalya Semyonova – nayza uloqtirish
Farruh Saidxojayev – disk uloqtirish
Muhammad Rexsimov – yadro uloqtirish