O‘zbekistonlik sanʼatkorlar 7-Chejudo xalqaro xor festivali va simpoziumida ishtirok etishadi

    Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning boy madaniy merosini va milliy qo‘shiqchilik anʼanalarini mahalliy hamda xorijiy sayyohlar orasida keng targ‘ib qilishdan iborat.

    21-22 fevral kunlari Janubiy Koreyaning Chejudo provinsiyasida "7-Chejudo xalqaro xor festivali va simpoziumi" bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri.

    Ushbu madaniy tadbirda O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi jamoasi va “Bahor” davlat raqs ansambli raqqosalari ham ishtirok etishadi.

    Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning boy madaniy merosini va milliy qo‘shiqchilik anʼanalarini mahalliy hamda xorijiy sayyohlar orasida keng targ‘ib qilishdan iborat.

    Simpozium doirasida Chejudo provinsiyasi gubernatori O Yun-Xun hamda Janubiy Koreya Madaniyat va sanʼat markazlari assotsiatsiyasi prezidenti Li Sinchjon bilan ikki tomonlama uchrashuvlar hamda "O‘zbekiston sanʼati va

    madaniyati" mavzusida taqdimot o‘tkazilishi rejalashtirilgan.