Bu haqda Migratsiya agentligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Agentlik rahbari Behzod Musayev AQSHning USA Farm Labor tashkiloti rahbari Manuel Fick bilan muzokara olib bordi.

Mazkur tashkilot 22-yildan buyon H-2A dasturi doirasida Qoʻshma Shtatlardagi qishloq xoʻjaligi sohasidagi mavsumiy ishlarga xorijiy ishchilarni jalb qilish bilan shugʻullanadi. Hozirda Shimoliy Amerika hududida 1 400 dan ortiq fermer xoʻjaliklari va rancholar bilan hamkorlik shartnomasiga ega.

Onlayn tarzda oʻtgan muloqotda oʻzbekistonlik nomzodlarni ilk bor AQSHdagi mavsumiy ishlarga jalb etish tartiblari muhokama qilindi.

Ish muddati 9–10 oy boʻlib, oʻrtacha oylik ish haqi 3 500 AQSH dollarini tashkil etadi. Turar joy ish beruvchi hisobidan. Malakali mutaxassislarga ustuvorlik beriladi.

Uchrashuv yakunida oʻzaro kelishuv imzolandi hamda hamkorlikni keyingi bosqichlarini eng tez muddatlarda amalga oshirishga kelishib olindi.