Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida xorijdan qiymati 55,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 749 dona elektromobil import qilgan. Elektromobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1136 taga oshgan.

Oʻzbekiston joriy yilning 10 oyida eng koʻp elektromobillar import qilingan davlatlar:

Xitoy – 1 528 dona

BAA – 111 dona

Germaniya – 48 dona

Gonkong – 37 dona

Litva – 10 dona

Koreya – 7 dona

Boshqa davlatlar – 8 dona