Oʻzbekistonliklar qaysi davlatlarga vizasiz borishlari mumkin?

    Ijtimoiy hayot 8 Mart 2023 4330

    Oʻzbekiston fuqarolariga qaysi davlatlarga vizasiz borish mumkinligi va qaysi davlatlarda soddalashtirilgan viza tartibi borligi eslatildi.

    Oʻzbekiston fuqarolari bir nechta davlatlarga vizasiz borishlari mumkin. Bu haqda Uzbekistan Airpots xabar berdi.

    Unga koʻra:

    1. Ozarbayjon - 90 kungacha;
    2. Antigua va Barbuda - 180 kungacha;
    3. Armaniston - 180;
    4. Barbados - 28 kungacha;
    5. Gaiti - 90 kungacha;
    6. Gruziya - 360 kungacha;
    7. Dominika - 21 kungacha;
    8. Indoneziya - 30 kungacha;
    9. Qozogʻiston - 30 kungacha;
    10. Qirgʻiziston - 60 kungacha;
    11. Malayziya - 30 kungacha;
    12. Moldova - 90 kungacha;
    13. Namibiya - 90 kungacha;
    14. Sant-Vinsent va Genadin orollari - 30 kungacha;
    15. Tojikiston - 30 kungacha;
    16. Turkiya - 30 kungacha;
    17. Filippin - 30 kungacha.

    Qolaversa, Belarus, Niue, Kuk orollari, Rossiya va Ukrainaga umuman viza talab etilmaydi.

    Shuningdek, 33 ta davlatda esa soddalashtirilgan viza tartiblari oʻrnatilgan.