Oʻzbekistonga sayohat maqsadida 783 mingdan ziyod xorijlik keldi

    2025-yil yanvar–iyun oylarida sayohat maqsadida Oʻzbekistonga 783,7 ming nafar xorijiy fuqaro tashrif buyurdi.

    Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 255,1 ming nafarga yoki 48,3 foizga koʻp.

    Davlatlar kesimida eng koʻp sayohatchilar quyidagi mamlakatlardan kelgan:

    • Rossiya — 166,6 ming nafar
    • Turkmaniston — 123,0 ming nafar
    • Qozogʻiston — 77,7 ming nafar
    • Qirgʻiziston — 71,6 ming nafar
    • Tojikiston — 49,1 ming nafar
    • Xitoy — 39,1 ming nafar
    • Turkiya — 29,3 ming nafar
    • Hindiston — 22,0 ming nafar
    • Italiya — 18,6 ming nafar
    • Janubiy Koreya — 14,9 ming nafar
    • Germaniya — 14,7 ming nafar
    • AQSH — 13,2 ming nafar
    • Boshqa davlatlar — 143,9 ming nafar