YAIM deflyatori 13,6 foizni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAIM hajmi 21,04 mln. soʻmga yetdi.
2021-yilda tarmoqlarning yalpi qoʻshilgan qiymati tarkibida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi 26,9 %, sanoat 27,8 %, qurilish 6,7 %, xizmatlar 38,5 %ni tashkil etdi.
Oʻtgan yilning yakunlariga koʻra, mamlakatimizda tashqi savdo aylanmasi 42,07 mlrd. dollarni tashkil qilib, 2020-yilga nisbatan 16 foizga oʻsdi. Shu jumladan, eksport hajmi 16,61 mlrd. dollarni, import hajmi esa 25,46 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu boradagi koʻrsatkich 2020-yilga nisbatan mos ravishda 10 foizga va 20,4 foizga oʻsdi.