баннер
25 Apr 2025
03:03

    Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinadagi birinchi elchisi tayinlandi

    Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga tayinlangan birinchi Ffavqulodda va Muxtor elchisi Baxtiyor Ibragimov ushbu davlat Prezidiumi raisi Jelka Sviyanovichga ishonch yorligʻini topshirdi.

    "Dunyo" AAning xabar berishicha, Tantanali marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Bosniya va Gersegovina oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

    Bosniya va Gersegovina yetakchisi Jelka Sviyanovich Oʻzbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va ularning natijalarini yuqori baholadi.

    Har ikki tomon munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichiga olib chiqishga tayyor ekanligini tasdiqladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech