Keltirilishicha, elektr energiyasi va tabiiy gazning raqobatli bozorini tartibga solish, litsenziyalash va nazorat qilish funksiyalarini amalga oshiradigan, hukumat tarkibiga kirmaydigan, Oʻzbekiston prezidenti va Oliy Majlisiga hisobdor organ – Oʻzbekiston Energetika bozori regulyatori tashkil etilmoqda.
Belgilanishicha, Regulyator raisi maqomiga koʻra vazirga hamda rais oʻrinbosari vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Regulyatorning oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻladi.
Regulyator faoliyati litsenziyalash va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi markaziy xarid qiluvchisi funksiyasini magistral elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish funksiyasidan ajratish maqsadida “Uzpowertrade” AJ tashkil etiladi.
Quyidagilar AJning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
— elektr energiyasini eksport va import qilish;
— elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, shu jumladan xususiy kapital ishtirokidagi korxonalardan elektr energiyasini markaziy xarid qiluvchi funksiyasini bajarish orqali qisqa va uzoq muddatli shartnomalar asosida xarid qilish;
— elektr energiyasini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga, keyinchalik esa birja savdolari asosidagi ulgurji bozorda sotish.
Oʻzbekistonning elektr energiya va tabiiy gaz bozorida regulyator tashkil etiladi
“Elektr energetikasi sohasini isloh qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Loyihaga koʻra, elektr energiyasining raqobatli bozoriga oʻtishning 2021-2025-yillarga moʻljallangan Konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Jomboyda gaz shoxobchasida 6,4 mlrd soʻmlik qonunbuzilish aniqlandi
- “Samarqand 2028” nomli Xitoy sunʼiy yoʻldoshi may oyida uchirilishi kutilmoqda
- O‘zbekiston milliy valyutadagi suveren xalqaro obligatsiyalarni tarixiy eng past foiz stavkada joylashtirishga erishdi
- “Taxtaqoracha” dovonida tunnel qurish bo‘yicha muzokaralar boshlandi
- Qashqadaryo viloyatida mansab vakolatini suiiste'mol qilgan bozor rahbari qo‘lga olindi
- MyGov platformasida avtomobil boshqaruv huquqini topshirish xizmati ishga tushdi
IIV tizimida bir guruh ayol xodimalar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi
- Yangi Oʻzbekiston Navroʻzi – yuksalish va taraqqiyot davri
- Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida
- O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar
- Hayit namozining Oʻzbekiston boʻylab oʻqilishi vaqtlari eʼlon qilindi
- Davlatimiz rahbari yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari bilan muloqot qildi