Oʻzbekistonning internet tezligi boʻyicha jahon reytingida pozitsiyasi yaxshilandi

    Raqamlashtirish 22 Iyun 2021 1271

    Oʻzbekiston bir yil ichida Speedtest Global Index internet tezligi dunyo reytingida oʻz pozitsiyasini yaxshiladi.

    “Ookla” kompaniyasi Speedtest.net servisi 2021-yil may oyi natijalariga oid yangi maʼlumotlarni eʼlon qildi. Unda, Oʻzbekistonning mobil internet tezligi yaxshilanganligi qayt etilgan, deya xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati.

    Taʼkidlash kerakki, bir yil ichida Oʻzbekiston simli internet tezligi boʻyicha 1,5 barobarga (53,2 foizga) oʻsganligi qayd etildi, yaʼni 26,45 Mbit/s. dan (2020-yil may holatiga koʻra) 40,54 Mbit/s. gacha (2021-yil may holatiga koʻra).

    Mobil internet tezligi boʻyicha ham ijobiy koʻrsatkichlar qayd etildi, yaʼni joriy yil may oyi natijalariga koʻra, Oʻzbekiston yana toʻrtta pogʻonaga koʻtarildi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda mobil internet tezligi 11,26 Mbit/s. dan (2020-yil may holatiga koʻra) 18,56 Mbit/s. gacha oʻsdi (2021-yil may holatiga koʻra). Bir yil ichida ushbu koʻrsatkich 64,8 foizga koʻtarilgan.