Hozirgi xavfsizlik vaziyati munosabati bilan Isroilni mustaqil ravishda tark etish istagida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari quyidagi nazorat-oʻtkazish punktlari orqali mamlakatni tark etishlari mumkin.
- “Menaxem Begin” / “Taba” — Isroil-Misr chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va Misrning Taba shaharlari oʻrtasida);
- “Shayx Xusayn” — Isroil-Iordaniya shimoliy chegarasida joylashgan (Isroilning Bayt-Shean va Iordaniyaning Irbit shaharlari oʻrtasida);
- “Isxak Rabin” / “Vadi Arava” — Isroil-Iordaniya janubiy chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va Iordaniyaning Akaba shaharlari oʻrtasida).
Barcha koʻrsatilgan chegara punktlari hozirda odatiy tartibda (24 soat) faoliyat koʻrsatmoqda.
Misr orqali:
- “Menaxem Begin«/«Taba” nazorat-oʻtkazish punkti (Eylat sh.)
- Oʻzbekiston fuqarolari ushbu punktni kesib oʻtib, Misrga vizasiz (“Sinay kirish muhri” orqali) kira oladilar. “Sinay kirish muhri” — 14 kungacha faqat Sinay yarim oroli hududida boʻlish huquqini beradi (Qohira va boshqa shaharlarga safar qilish mumkin emas).
- 21 yoshga toʻlmagan fuqarolarga ota yoki onalaridan biri hamrohlik qilishi shart.
- «Taba«dan Sharm ash-Shayxgacha (270 km) avtobus yoki avtomobillarda harakatlanish imkoniyati mavjud.
- Aviaqatnovlar (Sharm ash-Shayx aeroportidan):
- “UzAirways”: Haftasiga 3-marta (seshanba, chorshanba, shanba, soat 12:35) Toshkentga.
- “Turkish Airlines”: Har kuni 1 yoki 2-marta Istanbulga (Istanbul xalqaro aeroportiga) (Toshkentga tranzit).
- “Pegasus Airlines”: Har kuni 1 yoki 2-marta Istanbulga (“Sabixa Gyokchen” aeroportiga) (Toshkentga tranzit).
Iordaniya orqali:
- “Shayx Xusayn” (Bayt-Shean sh.) yoki “Isxak Rabin«/«Vadi Arava” (Eylat sh.) nazorat-oʻtkazish punktlari:
- Ushbu punkt orqali Iordaniya poytahtigacha borib, keyin quyidagi aviayoʻnalishlardan foydalanish mumkin:
- “Ummon – Istanbul – Toshkent”
- “Ummon – Dubay – Toshkent”
Eslatma: Iordaniyaga kirish uchun mamlakat IIV sayti orqali viza olish zarur, — deyiladi xabarda.








