"Islohotlarimizning keyingi ustuvor yoʻnalishlari bu:
- qonun ustuvorligini taʼminlash;
- sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
- korrupsiyaga qarshi samarali kurashish;
- bank-moliya tizimlarini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish;
- davlat ulushi mavjud boʻlgan yirik sanoat va infratuzilma korxonalarini xususiylashtirish;
- Jahon savdo tashkilotiga qoʻshilish jarayonini jadallashtirib, uning toʻlaqonli aʼzosiga aylanish.
Shuningdek, energetika, transport, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etishni yanada kengaytiramiz", — dedi J.Xoʻjayev.