Joriy yilning 11-15-mart kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor, Koson tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarkand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon tumanlarida;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod, Zafarabod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Yuqori-Chirchiq, Piskent tumanlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;

Fargʻona viloyati: Soʻx, Fergʻona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Ulugʻnor tumanlarida sel kelishi xavfi eʼlon qilinadi.

Togʻ oldi va togʻli hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz.