Unda senatorlar, vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, olimlar va mutaxassislar ishtirok etdi.
Yigʻilishda Oʻzbekistonning migratsiya strategiyasi loyihasi va ushbu strategiyani amalga oshirish boʻyicha yoʻl xaritasi loyihasi boʻyicha vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan berilgan taklif va tavsiyalar muhokama etildi.
Muhokamalar natijasida aksariyat taklif va tavsiyalar ishlab chiqilayotgan loyihani takomillashtirishda muhim ahamiyatga egaligi taʼkidlandi.
Yigʻilish yakunida bildirilgan takliflar, tavsiyalar hamda fikr-mulohazalar asosida loyiha maromiga yetkazilishi va tez orada Hukumatga kiritilishi belgilab olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.