Oʻzbekistonning Olimpiya oʻyinlaridagi yutuqlari

    Sport 18 Iyul 2024 3415

    Sanoqli kunlardan soʻng Parijda XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari boshlanadi. Bu yilgi Olimpiya oʻyinlari 26-iyulda boshlanadi va 11-avgustga qadar davom etadi.

    Milliy olimpiya qoʻmitasi maʼlum qilinganidek, bu yil 90 nafar sportchidan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi sportning 19 turida ishtirok etadi. Bu rekord koʻrsatkich. Vatandoshlarimiz oldida katta miqyosli, qiyin vazifalar turibdi. Sportchilarimiz raqiblar bilan kurashishlari va eng yaxshi natijalarini koʻrsatishlariga ishonch bildiramiz. Oʻzbekiston ushbu sport musobaqasida ishtirok etish uchun litsenziyalarni qiyin toʻqnashuvlar natijasida qoʻlga kiritdi.

    Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston sportchilari ruhiy kuch-quvvat, gʻalaba qozonish va natija uchun mehnat qilish naqadar yuksak marralarga, jahon eʼtirofiga olib borishini namoyon etdi. “Yuksalish” harakati oʻtgan yillar davomida Olimpiya oʻyinlarida qatnashib, medallarni qoʻlga kiritib, navqiron avlodga oʻrnak boʻlgan sportchilar haqida umumiy maʼlumotlarni taqdim etadi.

    Taqdim etilgan maʼlumotimizda 1994-yildan 2022-yilgacha ajralib turadigan 35 sportchi mavjud. Ular orasida Sidney shaharlarida boks boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan Muhammadqodir Abdullayev ham bor. Bahodir Jalolov 2020-yili Tokioda boks boʻyicha va Ulugʻbek Rashitov taekvondo boʻyicha yozgi Olimpiada oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Oksana Chusovitina rekordchiga aylandi va Olimpiya oʻyinlaridagi sakkiz karra ishtiroki uchun Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi.

    Oʻzbekistonlik sportchilar uchun Parijda boʻlib oʻtadigan XXXIII Olimpiya oʻyinlari ularning sport karyerasini yangi bosqichga koʻtaradi. Ular oʻz gʻalabalarini yana bir karra toʻldiradi. Mamlakatimiz sport salohiyatini jahon miqyosida namoyish etish imkonini beradi, degan umiddamiz.

    Mamlakatimiz uchun eng muvaffaqiyatli olimpiadalardan biri 2016-yili Rio-de-Janeyroda oʻtkazilgan Olimpiada boʻldi. Oʻzbekistonlik sportchilar toʻrtta oltin medalni qoʻlga kiritdi.

    Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston eng koʻp ishtirokchilar bilan ishtirok etdi.

    2024-yilda Oʻzbekiston delegatsiyasi eng koʻp ayol sportchilar bilan ishtirok etadi, bu ham sportga qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi.

    Oʻzbekiston delegatsiyasi 1994-2022-yillarda yettita yozgi va sakkizta qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashib, 11ta oltin, 6ta kumush va 20ta bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻzbekistonning Olimpiya oʻyinlaridagi sport yutuqlari sarhisobida sportchilar uch toifa – “oltin”, “kumush” va “bronza” boʻyicha taqdim etilgan.

    Olimpiya oʻyinlarida shohsupaga koʻtarilgan sportchilarimiz roʻyxati:

    Oksana Chusovitina — gimnastika. Sportchi Olimpiya oʻyinlaridagi sakkiz karra ishtiroki uchun Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan.

    Oltin medallarni

    1. Lina Cheryazova – erkin uslub boʻyicha

    2. Muhammadqodir Abdullayev – boks boʻyicha

    3. Artur Taymazov – erkin kurash boʻyicha

    4. Aleksandr Dokturishvili – yunon-rum kurashi boʻyicha

    5. Xasanboy Doʻsmatov – boks boʻyicha

    6. Fazliddin Gʻoibnazarov – boks boʻyicha

    7. Shaxobiddin Zoirov – boks boʻyicha

    8. Ruslan Nurudinov – ogʻir atletika boʻyicha

    9. Bahodir Jalolov – boks boʻyicha

    10. Akbar Jurayev – ogʻir atletika boʻyicha

    11. Ulugʻbek Rashitov – taekvond boʻyicha;

    Kumush medallarni

    12. Armen Bagdasarov – dzyudo boʻyicha

    13. Magomed Ibragimov – erkin kurash boʻyicha

    14. Abdullo Tangriyev – dzyudo boʻyicha

    15. Shahram Gʻiyosov – boks boʻyicha

    16. Bektemir Meliqoʻziyev – boks boʻyicha;

    Bronza medallarini

    17. Karim Toʻlaganov – boks boʻyicha

    18. Rustam Saidov – boks boʻyicha

    19. Sergey Mixaylov – boks boʻyicha

    20. Bahodirjon Sultonov – boks boʻyicha

    21. Oʻtkirbek Haydarov – boks boʻyicha

    22. Anton Fokin – badiiy gimnastika boʻyicha

    23. Yekaterina Xilko – tramplin boʻyicha

    24. Rishod Sobirov – dzyudo boʻyicha

    25. Abbos Atoyev – boks boʻyicha

    26. Ivan Efremov – ogʻir atletika boʻyicha

    27. Diyorbek Oʻrozboyev – dzyudo boʻyicha

    28. Rustam Toʻlaganov – boks boʻyicha

    29. Murodjon Axmadaliyev – boks boʻyicha

    30. Elmurat Tasmuradov – yunon-rum kurashi boʻyicha

    31. Ixtiyor Navroʻzov – erkin kurash boʻyicha

    32. Davlat Bobonov – dzyudo boʻyicha

    33. Bekzod Abdurahmonov – erkin kurash boʻyicha

    34. Magomed Ibragimov – erkin kurash boʻyicha qoʻlga kiritgan, deb xabar beradi “Yuksalish” umummilliy harakati.