Taʼkidlanganidek, xorijiy davlatlar bilan doʻstona munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashda chet davlatlardagi qator elchixonalarimizning munosib hissasi bor.

Uchrashuvda Oʻzbekistonning xorijiy davlatlar bilan munosabatlarining bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

Xususan, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik yoʻnalishlariga alohida toʻxtab oʻtildi.

Shuningdek, diplomatik vakolatxonalar rahbarlari koʻmagida fan-taʼlim sohasida qator ishlar amalga oshirilib, davlatimizda oʻnlab yangi oliy taʼlim maskanlari ochilgani, xorijiy professor-oʻqituvchilar yurtimiz oliy oʻquv muassasalarida mashgʻulotlar oʻtayotgani va bu borada koʻplab yutuqlarga erishilgani qayd etildi.

Yigʻilishda parlamentlararo hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan qoʻshma tadbirlar xususida ham fikr almashinib, joriy yilda muhim tashriflar va uchrashuvlar, qator yirik xalqaro anjumanlar oʻtkazilgani muhim ahamiyatga ega boʻlgani taʼkidlandi.

Tadbirda boshqa bir qator yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlik qilish masalalari ham muhokama qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.