Safar Jo'qorg'i Kenges raisi Murod Kamolov boshchiligidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi rahbariyati bilan uchrashuvdan boshlandi.

Diplomatlarga Qoraqalpog'istonni istiqbolda rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari, shahar va tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy va madaniy-gumanitar salohiyati, sayyohlik imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot berildi.

"Dunyo" AA muxbirining qayd etishicha, respublika hududlari vakillari ishtirokida o'zaro amaliy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yil dekabr oyida diplomatik missiyalar rahbarlari Qoraqalpog'istonga kelib, ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazgan, respublikaning barcha shahar va tumanlaridagi muassasalar, madaniyat, sog'liqni saqlash va ta'lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishgan edi. Diplomatlar tomonidan xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilish, eksportni kengaytirish, sog'liqni saqlash va ta'lim tizimini modernizatsiya qilish uchun mablag' jalb etish bo'yicha aniq loyiha takliflari nazoratga olindi.