Unda Agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, loyiha muallifi Akbar Bekturdiyev, yaponiyalik taniqli rejissyor Syo Igarashi, koordinator Kotaro Okada, Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi vakili Muzaffar Jalilov ishtirok etishdi.
Video-konferensiyada rejissyor Akbar Bekturdiyevning “Sakura ifori” kartinasini yaponiyalik rejissyor Syo Igarashi bilan hamkorlikda ishlash kelishib olindi. Shuningdek, endilikda loyiha uchun yaponiyalik prodyuserlar topish, filmda ishtirok etish uchun yaponiyalik aktyorlar uchun ijodiy kasting jarayonlarini oʻtkazish borasida fikr almashildi.
“Sakura ifori” filmida Ikkinchi jahon urushi davrida asirga olingan yapon askarlarining Oʻzbekistondagi taqdiri haqida hikoya qilinadi, deb xabar beradi “Oʻzbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati.