“Oʻzbekkino” Milliy agentligi “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da yosh kinoijodkorlarni yana-da qoʻllash, yoshlar oʻrtasida ijodiy raqobat muhitini shakllantirish, Yangi Oʻzbekistonda yuz berayotgan oʻzgarishlar, yangicha gʻoyalar va qarashlarni aks ettirish maqsadida 2021-yilda davlat ijtimoiy granti asosida badiiy, hujjatli, multiplikatsion, qisqa metrajli va yumoristik kinojurnallar, ijtimoiy roliklar hamda teleseriallar tayyorlash boʻyicha ustuvor mavzular roʻyxatini taqdim etadi.
Joriy yilda agentlik yosh kinoijodkorlar bilan bogʻliq masalalarga alohida urgʻu bermoqda. “Yangi Oʻzbekiston” ustuvor gʻoyasi asosida yoshlar hayoti, orzu va intilishlari, amalga oshirayotgan ishlari va natijalari aks etgan badiiy, hujjatli, qisqa metrajli va multiplikatsion filmlar uchun va hamkorlikda moliyalashtiriladigan kinoloyihalar tanlovini eʼlon qiladi.
Shuningdek, yosh kinoijodkorlar uchun qisqa va toʻliq metrajli filmlar yoʻnalishiga kinoloyihalar va “Zumrasha” bolalar hajviy kinojurnali uchun ham ssenariylar qabul qilinadi.
Kinoloyihalar mavzulari va shartlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.