Qashqadaryo viloyatida joylashgan "Indorama agro" MCHJ viloyat IIBga murojaat qilgan.
Taʼkidlanishicha, telegram messenjiridagi guruhda "Rahul" nomli foydalanuvchi ingliz tilida ishchi xodimlarni haqorat qilib, bir qancha ishchilarning eʼtirozlarga sabab bo‘lganini bildirgan. Murojaatchi ushbu shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida telegram messenjerida haqoratli so‘zlarni ishlatgan shaxs Hindistonida tug‘ilgan, hozirda "Indorama agro" MChJda ishlovchi xodim K.R. ekani aniqlangan.
K.R.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 140-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.