Markazning asosiy vazifasi kompaniyaning biznes-jarayonlariga ilgʻor“ESG” standartlarini joriy etishdir.

“Oʻzbekneftgaz” AJ transformatsiyasi doirasida, amaldagi xalqaro “ESG” kun tartibiga muvofiq, kompaniya ekologik, ijtimoiy va boshqaruv sohalarida (environmental, social and corporate governance) faoliyatini tizimlashtirish va oshkor qilish boʻyicha ishlarni amalga oshirmoqda.

Uchrashuv davomida kompaniyaning barcha “ESG” –- bloklari boʻyicha saʼy-harakatlari qayd etildi.

Shu bilan birga, yetakchi neft va gaz kompaniyalarining ilgʻor tajribalariga muvofiq, “Ye” koʻrsatkichlari boʻlgan issiqxona gazlari, elektr energiyasi va suv isteʼmolidan foydalanish bilan bogʻliq tashlanmalar, shuningdek uglerod isini kamaytirish boʻyicha maqsadlari taqqoslandi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ mamlakatning ijtimoiy iqlimiga (“S” bloki) qoʻshgan salmoqli hissasi, yaʼni kompaniya tomonidan mehnat xavfsizligiga rioya qilish boʻyicha qoʻyilgan yuqori talab, xodimlarning oilalari hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek hududlarda ijtimoiy sektorni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar eʼtirof etildi.

Yigʻilish yakunida ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha qadamlar ketma-ketligini kelishib olishdi:

• Kompaniyaning“ ESG” maqsadlarini toʻgʻri shakllantirish;

• “ESG” faoliyatini amalga oshirish boʻyicha yoʻl xaritasini batafsil ishlab chiqish;

• “ESG” hisobotlarini tayyorlash;

• “ESG” reytingini olish.

Yuqoridagi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun markaz uchun shtat birligini ajratgan holda mutaxassislar bilan alohida boʻlinma yaratish, shuningdek “ESG” boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish uchun xalqaro yetakchi boʻlgan neft va gaz kompaniyalarida katta tajribaga ega maslahatchi– ekspertni jalb qilishga qaror qilindi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmat