UNG Petro benzin quyish shoxobchasi AI-92 uchun bahorgi chegirma eʼlon qildi. Bu haqda UNG Petro matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bahorgi chegirma doirasida UNG Petroʼda AI-92 benzini 7 500 soʻmdan sotiladi. Chegirma faqat cheklangan muddatda amal qilishi taʼkidlangan va qancha muddat amal qilishi hozircha nomaʼlum.

Benzin quyish shoxobchasida AI-92 benzini uchun eski narx 9 200 soʻm atrofida edi.

Maʼlumot uchun, UNG Petro “Oʻzbekneftgaz”ga qarashli benzin quyish shoxobchalari tarmogʻi hisoblanadi.