Uch yillik tanaffusdan soʻng dunyo olmos sanoati vakillari, zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda zargarlik sanoati assotsiatsiyalari Mumbaydagi Bharat Diamond Bourse majmuasida jam boʻlishdi.

Tadbir davomida “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi vakillari tomonidan “Uzbek Jewellery Fair-2023” xalqaro zargarlik koʻrgazma-savdosining taqdimoti oʻtkazildi.

Toshkentda ilk bor oʻtkaziladigan xalqaro zargarlik koʻrgazmasi xorijlik mutaxassis va tadbirkorlarning katta qiziqishiga sabab boʻlmoqda.