Bu haqda "Oʻzenergoinspeksiya" xabar berdi.

Qayd etilishicha, Respublika ishchi guruhi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-iyuldagi 473-sonli farmoyishiga asosan mavjud yoqilgʻi quyish, saqlash va tarqatish inshootlari hamda chakana savdo shoxobchalarini xatlovdan oʻtkazilmoqda.

Unga koʻra avtomobillarga gaz va benzin quyish shoxobchalarining muhofaza hududidagi mavjud bino va inshootlarning tasdiqlangan bosh rejasi hamda shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilgan holda joylashgani, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda litsenziya talablariga rioya etilishi oʻrganildi.

Oʻrganishlar davomida ishchi guruhlar tomonidan 2 448 ta obyekt xatlovdan oʻtkazilib, texnika, yongʻin xafvsizligi va mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishi bilan bogʻliq 3 ming 61 ta kamchiliklar aniqlandi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan majburiy koʻrsatmalar berildi.

Shoxobchalarni xatlovdan oʻtkazish ishlari davom etmoqda.