un (oliy nav) – 3 kg;
guruch – 1 kg;
grechka yormasi – 0,5 kg;
makaron mahsulotlari – 0,5 kg;
mol go‘shti (suyaksiz) – 1 kg;
xonaki parranda go‘shti – 1 kg;
sariyog‘ – 0,2 kg;
tuxum (dona) – 15 dona;
qand-shakar – 1 kg;
kungaboqar yog‘i – 1 litr;
ko‘k yoki qora choy – 0,2 kg;
atirsovun – 0,1 kg;
kirsovun (65%) – 0,2 kg;
kir yuvish poroshogi – 0,15 kg;
katta yoshdagilar uchun taglik gazmol – 8 dona;
karantin davrida qo‘shimcha:
bir marta ishlatiladigan steril niqob – 10 dona;
bir marta ishlatiladigan steril qo‘lqoplar – 10 dona;
suyuq yoki gel holidagi antiseptik – 250 ml;
antibakterial sovun – 0,1 kg.
Bunda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan pensiya yoshidagi hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan quyidagi shaxslar kiradi:
farzandlari, eri (xotini) va ota-onasi bo‘lmagan;
vasiylari, homiylari va sud tomonidan keksani yoki nogironligi bo‘lgan shaxsni parvarish qilish majburiyati zimmasiga yuklangan shaxslari bo‘lmagan.
Mazkur mahsulotlarni olish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat etiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari va tovarlarni yetkazib berish uyda parvarish qilish bo‘yicha ijtimoiy xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.