Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xorazm viloyatida yashovchi fuqaro O.S. oʻzining nomiga nomaʼlum sabablarga koʻra 21,5 mln soʻm onlayn kredit olinib, pullari oʻzlashtirilganligini haqida IIOga murojaat qilgan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan Q.B., jabrlanuvchi O.S. bilan Telegram orqali tanishib, unga “Uzum nasiya” platformasi orqali onlayn kredit olib berishini aytgan va uning nomidan roʻyxatdan oʻtib, 21,5 mln soʻm kredit mablagʻini rasmiylashtirib, soʻng “Negadir tizimda xatolik bor ekan” deb aldab, oʻsha vaqtning oʻzida pullarni oʻzining bank kartasiga oʻtkazib olganligi maʼlum boʻldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Q.B.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.