Qayd etilishicha, ertaga Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliqqacha, baʼzi joylarda 2daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 10-15 darajagacha biroz koʻtariladi.
Chorshanba kuni faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent viloyatida biroz yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Sovuq havo massasi mamlakatimiz hududidan chekina boshlaydi, harorat kechasi 2-7daraja iliqqacha, kunduzi 12-17darajagacha koʻtariladi.
Payshanba va juma kunlari Oʻzbekiston boʻyicha quruq va iliq ob-havo boʻlishi prognoz qilinmoqda. Havo harorati kechalari 2-7daraja iliq, atrofida boʻladi, kunduz kunlari 15-20 darajagacha koʻtariladi.
28-30-oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda tuman tushishi kuzatiladi. 28-30-oktyabrda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.
Poytaxtimizda: bugun kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduzi 10-12 gradusdan koʻtarilmaydi.
Ertaga yogʻingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja boʻladi. 30-oktyabrda kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 4-6daraja iliq, kunduzi 13-15daraja boʻladi. 31-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6daraja iliq, kunduzi 16-18 daraja boʻladi.