Ma’lum bo‘lishicha, shu yilning 11 yanvar kuni soat 01:00 larda Andijon shahrida yashovchi fuqaro S.K Andijon shahri, O‘zbekiston ko‘chasida 2 nafar tanishi  A.A va Q.Sh.lar bilan birga qorda sirpanish maqsadida o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “LASETTI” avtomashinasining orqasiga arqon yordamida chana bog‘lab, katta yo‘lda xavfli harakatlarni sodir etishgan.  

Haydovchi va chana ustida bo‘lgan 2 nafar fuqaroga hech qanday tan jarohati yetmagan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB JXX YHXB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi.

"Shu o‘rinda barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan noqulay ob-havo sharoitida belgilangan qoidalarga qat’iy amal qilishlarini, yo‘llarda xavfli harakatlarni sodir etish orqali o‘zi va boshqalarning hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz!" — deyiladi Andijon viloyat IIB bayonotida.