Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 12-fevral kuni “Oʻzmetkombinat” elektr payvandchisi fuqaro H.Umarov mehnat vazifasini bajarayotganda balandlikdan yiqilib tan jarohati olgan.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi koʻmagi bilan unga mehnat layoqati maʼlum muddatga yoʻqotilganligi yuzasidan toʻlanishi lozim boʻlgan 69,3 mln soʻm nafaqa puli sugʻurta kompaniyasidan undirib berildi.