Oʻrganishda Milliy universitet Axborot resurs markazi fondida saqlangan XIII - XIX asrlarga oid qiymati 2,6 mlrd. soʻmlik tarixiy va badiiy ahamiyatga ega boʻlgan 56 dona qoʻlyozma va 6 dona toshbosma asarlar talon-toroj qilingani va boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Bosh prokuratura tomonidan joriy yilning 19-fevral kuni universitetning mansabdor va moddiy javobgar shaxslari, shuningdek, Axborot resurs markazi direktori va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlariga kirishildi.
Tergov ustidan Bosh prokuratura nazorati oʻrnatilgan.