“Oʻzneftegazinspeksiya” issiqxonalar holatini kuzatib boradi

    Energetika 29 Oktabr 2020 755

    Maʼlumki, tabiiy gaz ham davlatimizga berilgan tabiat inʼomi boʻlib, bugun bor ertaga yoʻq boʻlishi mumkin. Shu sababli undan oqilona va samarali foydalanish har bir fuqaroning burchi hisoblanadi.

    Shuningdek, tabiiy gazning fizik va kimyoviy xususiyatlaridan kelib chiqib, kuz-qish mavsumida transportirovka qilish jarayonlari bir muncha murakkablashishi sababli, ushbu davrlarda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash dolzarb vazifalardan biriga aylanadi.

    Issiqxona xoʻjaliklari faoliyatiga keladigan boʻlsak, bu yerda “Oʻzneftgazinspeksiya”ning funksiyasi, yangi tashkil etilgan issiqxona xoʻjaliklarida energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanilganligi, kuz-qish mavsumida aholi gaz taʼminotiga taʼsir qilmasligi uchun sanoat tarmoqlariga ulanganligi, loyiha texnik hujjatlari va oʻrnatilgan gaz jihozlarini amaldagi meʼyoriy hujjatlar talabiga muvofiqligi hamda zaxira yoqilgʻi xoʻjaligi bilan taʼminlanganligini joyiga chiqib koʻzdan kechiradi, biroq hech qanday hujjat talab qilmaydi. Bu esa tekshirish hisoblanmaydi.

    Energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish, nostandart qurilmalarga nisbatan yoqilgʻi energetika resurslarini
    10-15 foizgacha iqtisod qiladi. Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz taʼminotidagi koʻzda tutilmagan favqulodda holatlarda tadbirkor oʻzining yetishtirayotgan mahsulotini saqlab qolish uchun zudlik bilan zaxira yoqilgʻidan foydalanishga tayyor turishi lozim.

    Oʻtgan davrlarda 1 gektar maydonga ega boʻlgan issiqxonani isitish uchun oyiga oʻrtacha 50 – 60 ming metr kub tabiiy gaz sarflangan boʻlsa, bugungi kunda energiya tejamkor texnologiyalardan foydalangan holda 35-40 ming metr kub sarflamoqda.

    Bundan tashqari, oʻrganishlar va tahlillar shuni koʻrsatganki, ekin turi va maydoni (1 gektar uchun), mahsulot yetishtirish texnologiyasi (gidroponika) hamda tabiiy sharoiti bir xil boʻlgan hududdagi issiqxona xoʻjaligida mavsum davomida pomidor mahsulotini yetishtirish uchun umumiy sarf xarajatlar kalkulyatsiyasida tabiiy gaz va koʻmir yoqilgʻisini ulushini hisobga olgan holda tahlil etilganida, koʻmir yoqilgʻisida mahsulot yetishtirish tabiiy gazga nisbatan 33 foizga arzon tushishi yoki mavsum davomida 220 million soʻm qoʻshimcha daromad keltirish imkoniyati yuzaga kelishi kuzatilgan.

    Biroq, shiddatli rivojlanish ketayotgan bugungi davrda, butun dunyo mamlakatlarida tabiiy gazga boʻlgan munosabat tubdan oʻzgargan, yaʼni undan toʻliq xom-ashyo sifatida foydalanishga oʻtilgan.

    Chunki, tabiiy gazni yoqilgʻi sifatidan foydalanishdan koʻra, xom ashyo sifatida foydalanib, qiymati yuqori boʻlgan bir muncha mahsulotlar olish imkoniyati yaratilgan.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi PQ-4020-sonli “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan boʻlib, energiyaning muqobil manbalari, energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy issiqxona komplekslarini yaratish asosiy yoʻnalish etib belgilangan.

    Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida barcha talablar yaʼni, oldindan 100 foiz haq toʻlash, gaz hisoblash uskunalariga qoʻyilgan talab, zaxira yoqilgʻi xoʻjaligi, loyiha texnik hujjatlari va texnologik asbob-uskunalarga boʻlgan talablar yaqqol koʻrsatib oʻtilgan.

    “Oʻzneftegazinspeksiya” matbuot xizmati.