Ozon Marketplaysi bilan respublikada kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga kelishib olindi

    Biznes 17 Oktabr 2024 430

    Joriy yil 16-oktyabrda ISSV va Ozon Marketplaysi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    Marosim Toshkentda boʻlib oʻtayotgan yentral Central Asia Retail Week 2024 xalqaro forumining biznes dasturi doirasida boʻlib oʻtdi.

    Hujjatga koʻra, tomonlar onlayn-savdo sohasini barqaror rivojlantirish orqali respublikada kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga kelishib oldilar. Hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlaridan biri bu Ozon Marketplaysi faoliyat yuritayotgan davlatlardagi 51 million xaridorga mahalliy mahsulotlarni eksport qilish hajmini oshirish hisobidan Oʻzbekistonning MDH davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmini oshirishdir.

    Tadbirda soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligi sezilarli darajada oshgani, sotish bozorlari diversifikatsiya qilingani, transport-logistika yoʻnalishlari takomillashtirilgani taʼkidlandi. Ushbu institutsional vazifalar bilan bir qatorda savdo jarayonlarini raqamlashtirish va global miqyosda elektron tijoratni rivojlantirish muhim oʻrin tutadi. Shu munosabat bilan “Ozon” kompaniyasi bilan imzolangan memorandum bu yoʻlda yana bir katta qadam boʻlgani alohida taʼkidlandi.

    Hamkorlik doirasida respublikada tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashishda elektron tijorat, qoʻshma konsultatsiyalar va tadbirlar, axborot-reklama kampaniyalarini yoʻlga qoʻyish va oʻzaro tajriba almashish kabi yoʻnalishlarda maʼrifiy ishlar olib borilishi koʻzda tutilgan.

    Ozon – rivojlangan logistika tarmogʻiga ega koʻp toifali bozor. Oʻzbekistonda Ozon 2023-yildan boshlab faol rivojlanib kelyapti. Kompaniya logistika infratuzilmasini, jumladan, ombor majmualari va kuryerlik xizmatlarini rivojlantirishga qiziqish bildiryapti. Shuningdek, brendli buyurtmalarni qabul qilish va topshirish punktlari franshiza tarmogʻini faol rivojlantirishni rejalashtiryapti, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.