Temiryo'l transporti sohasining biznes jarayonlarini raqamlashtirish, boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish va respublikaning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish, yuk tashishda tannarx va xarajatlarni kamaytirish maqsadida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ va uning tizim korxonalari isloh qilinmoqda. Bu haqida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yozmoqda.
Ushbu jarayonda “O'ztemiryo'lkonteyner” AJ "Temiryo'lkargo" AJ sifatida qayta tashkil etilmoqda.
Shunga ko'ra, Davaktiv agentligi tomonidan “O'ztemiryo'lkonteyner” AJ ustav kapitalidagi 35 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayonlari to'xtatilganligi ma'lum qilinadi.
Ma'lumot uchun: ushbu sotish jarayoni bo'yicha avvalgi chop etilgan e'lonlarda Davaktiv agentligi va uning maslahatchisi sotish jarayonining muddatiga o'zgartirish kiritish hamda to'xtatish huquqini o'zida saqlab qolishi qayd etilganligi eslatib o'tiladi.