Bu haqda Prezident Xose Raul Mulino ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida joylashtirilgan xalqqa murojaatida ma’lum qildi.

“Hozirda 1744 ta uy tekshirildi va 6174 kishi jabrlandi. Bu raqam tekshiruv davom etar ekan, yangilanadi”, deya ma’lumotlarni keltirib o‘tdi davlat rahbari.

U yer silkinishlarining vayronkor kuchi sezilarli bo‘lganini va mutaxassislar zarar miqdorini baholashda davom etayotganini ta’kidladi. Hukumat allaqachon oziq-ovqat va ichimlik suvi yetkazib berilish, yo‘llar va ko‘priklarni tiklash va elektr energiyasi bilan ta’minlash ishlarini olib bormoqda.

“Yordam va yechimlar eng muhtojlarga yetib borishini ta’minlash uchun zarur resurslarni ayamayman”, dedi Mulino. Uning ta’kidlashicha, rasmiylar uy-joylarni ta’mirlash uchun materiallar yuboradi va Milliy politsiya mutaxassislarining loyihalari asosida yangi ikki va uch xonali uylar qurish uchun mahalliy pudratchilarni jalb qiladi.

Seshanba kuni kechqurun Panamada 6,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Avvalroq, juma kuni Panamada 7,7 magnitudali kuchli zilzila qayd etilgan edi, oqibatda kamida 27 kishi jarohat olgan edi, deb xabar berdi report.az.