Pandemiyadan ham qoʻrqinchliroq: Bill Geyts insoniyat uchun 2 asosiy tahdidni aytdi

    Geyts asosiy tahdidlar sifatida — iqlim oʻzgarishi va bioterrorizm boʻlishi mumkinligini aytdi. Har yili “pandemiya payti”ga qaraganda, koʻproq odamlar iqlim oʻzgarishidan aziyat chekishi mumkin, deya bashorat qildi ishbila

    Amerikalik ishbilarmon va Microsoft asoschisi Bill Geyts yaqin kelajakda insoniyatga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan 2ta tahdidni aytdi.

    OAV koʻpincha milliarderning 2015-yilda aytgan soʻzlarini keltiradi. Oʻshanda Geyts “yaqin 10 yil ichida “insoniyatni oʻldiradigan” mumkin boʻlgan narsa — bu urush emas, balki oʻta yuqumli virus boʻladi, deb aytgandi.

    Unga koʻra, endi insoniyatga zarar yetkazishni istagan har qanday odam xavfli virusni yaratishi mumkin.

    Avvalroq, Microsoft asoschisi Germaniyaning Süddeutsche Zeitung gazetasiga bergan intervyusida dunyo COVID-19 pandemiyasidan oʻn baravar yomonroq boʻlishi mumkin boʻlgan keyingi pandemiyaga tayyor emasligini aytgandi. “Umid qilamanki, ikki yildan soʻng vaziyat boshqacha koʻrinishga ega boʻladi. Vaksinalar, testlar, dori-darmonlar, epidemiologiya, monitoring — juda koʻp narsa qilish kerak”, — dedi u.

    Geytsning soʻzlariga koʻra, koronavirus zilzilalar, tornadolar yoki iqlim oʻzgarishi singari bir xil darajada, kundalik hayotning bir qismiga aylandi, bunday tahdidga javob global boʻlishi kerak.