Quyida koʻrsatkichlar orqali mehmonxonalar sonining oʻsish darajasini keltirib oʻtamiz:
- 2017-yil yakunida 753 joylashtirish vositasida 19 245 xona va 38 234 oʻrin tashkil etilgan;
- 2018-yil yakuniga kelib, 894 joylashtirish vositasida 21 074 xona va 42 594 oʻringa yetgan;
- 2019-yil yakunida 1 188 joylashtirish vositasida 26 147 xona va 54 799 oʻrinni tashkil etgan;
- 2020-yil oxirida esa ushbu koʻrsatkich 1 308 joylashtirish vositasida 29 218 xonada 61 506 oʻrin tashkil etilgan.
- 2021-yilda 22 ta joylashtirish vositasi ishga tushgan.
- 2021-yil yakuniga qadar respublikamiz viloyatlari kesimida yana 150 dan ortiq joylashtirish vositalari barpo etilishi rejalashtirilgan.
Taʼkidlash joizki, 2019-yildan hozirga qadar respublika boʻyicha jami 8 ta 3 yulduzli (***) mehmonxonaga jami 606 ta xona uchun davlat byudjeti hisobidan umumiy miqdorda 24 240 000 000 soʻm subsidiya mablagʻlari ajratilgan.
Maʼlumot oʻrnida: Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni va Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda turizm sohasi subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosi yoʻlida turli subsidiya va imtiyozlar ajratilmoqda.