Ushbu kun dasturida startga chiqqan atletlarimiz 4ta oltin, 2ta kumush va 2ta bronza medallariga sazovor boʻldilar. Hamyurtlarimizdan Sabina Suxanova (yugurish), Asila Mirzayorova (uzunlikka sakrash), Nurxon Qurbonova (nayza uloqtirish) va Maʼrufjon Murodullayev (yugurish) delegatsiyamiz hisobiga oltin medallarni qoʻshib qoʻyishdi. Musobaqaning soʻnggi kun gʻolib va sovrindorlari:

Sabina Suxanova (yugurish T37) – Oltin

Asila Mirzayorova (uzunlikka sakrash T11) – oltin

Nurxon Qurbonova (nayza uloqtirish F54) – oltin

Maʼrufjon Murodullayev (yugurish T46) – oltin

Dilafruz Ahmadxonova (yadro uloqtirish F35) – kumush

Mohigul Hamdamova (yadro uloqtirish F57) – kumush

Kubaro Hakimova (nayza uloqtirish F41) – bronza

Omad Hasanov (balandlikka sakrash T46) – bronza

Shu tariqa, para-yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Dubay Gran-prisida 13 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 24 ta medal qoʻlga kiritdi.

Bu bilan vakillarimiz Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlari uchun oʻta muhim reyting ochkolarini ham jamgʻarib olishdi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.