Kecha para pauerlifting va para velosport boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston ochiq chempionatlari oʻz yakuniga yetdi. Ushbu musobaqalarda 150 nafar sportchi gʻoliblik uchun oʻzaro bahs olib bordi.
Musobaqa gʻolib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan medal, maxsus diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Taʼkidlash kerakki, ushbu Oʻzbekiston ochiq chempionatlari kelajakda Paralimpiya sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga aʼzo va nomzod sportchilarni saralab olishda muhim ahamiyat kasb etadi.