"Parij–2024" yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari taqdim etuvchi ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etadi.
Bugun vakillarimiz Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.
Ar-Riyoddagi Gran-prida Asad Toshtemirov, Sanjar Muxtorov, Zuhriddin Tohirov, Qudrat Haydarov, Javohir Aliqulov, Guljanoy Naimova, Ziyoda Isoqova kabi sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi.